27 yanvar kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudida «Human» xususiy bandlik agentligi rahbari Şohnur Fayzullayevga hukm öqildi. Mazkur işni körib çiqqan Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudi sudyasi Xayrulla Raxmonov kun.uz saytiga intervyu berib, jinoyat işining ayrim tafsilotlariga töxtaldi.

Jumladan, Ş.Fayzullayev Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi «b, v» bandlari, 189-moddasi 1-qismi, 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga JKning:

168-moddasi 3-qismi «b, v» bandlaridagi aybi uçun - 8 (sakkiz) yil ozodlikdan mahrum qiliş;

189-moddasi 1-qismidagi aybi uçun - oyik iş haqining 20 foizini davlat daromadiga uşlab qolgan holda 2 (ikki) yil axloq tuzatiş işlari;

243-moddasidagi aybi uçun 8 (sakkiz) yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanib, JKning 59, 61 -moddalariga asosan tayinlangan har xil turdagi jazolarni qisman qöşiş yöli bilan uzil-kesil 10 (ön) yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaşi hamda jazo muddati 2019 yil 19 sentyabrdan boşlab hisoblanişi belgilangan.

Iş böyiça jami 1080 nafar jabrlanuvçiga yetkazilgan 21 milliard 192 million 15 ming 383 söm undirilişi belgilandi.

Dastlabki tergov organi tomonidan band solingan va IIV Tergov Departamentining depozit hisob raqamida saqlanayotgan 1 290 913 279 söm pul mablağlari jabrlanuvçilarga yetkazilgan zararni qoplaşga qaratilib, proporsional tarzda taqsimlab berilişi belgilandi.

Bundan taşqari, Ş.Fayzullayev tomonidan jinoiy faoliyati davrida sotib olingan jami 5 milliard 421 million 751 ming 752 sömga baholangan mol mulklar, ya'ni

  • 263 552 602 sömga baholangan Toşkent şahar Sergeli tumani, 8- mavze, 23-uy, 16-xonadon;
  • 317 416 629 sömga baholangan Toşkent şahar M.Uluğbek tumani, Sayram köçasi, 109/22-uy;
  • 466 762 070 sömga baholangan Toşkent şahar Olmazor tumani, Sebzor Ts-17/18 mavze, 4a-uy, 14-xonadon;
  • 4 031 306 451 sömga baholangan Toşkent viloyati, Zangiota tumani, A.Navoiy köçasi, 75-uy;
  • 190 000 000 sömga baholangan davlat raqami 01 O 418 OV bölgan «Captiva» rusumli avtomaşina;