Özbekiston fuqarolarining xorijiy mamlakatlar va respublikaning özida band qilişga kömaklaşiş bilan şuğullanib keluvçi 16ta xususiy bandlik agentligi prezident Mirziyoyev, boş vazir Aripov, BMMV rahbari Husanovga jamoaviy murojaat yölladi. Kun.uz ixtiyoriga kelib tuşgan jamoaviy murojaatda qayd etilişiça, «HUMAN» xususiy bandlik agentligi rahbarlarining noqonuniy xatti-harakatlari bois, qonuniy asosda muvaffaqiyatli faoliyat körsatib kelayotgan bandlik agentliklarining kelajagi ham xavf ostida qolmoqda.

Xususan, «2020 yil 17 fevral kuni boş vazir A. Aripov rahbarligidagi hukumat vakillarining Yoşlar ijod saroyida «HUMAN» xususiy bandlik agentligidan jabrlanganlar bilan uçraşuvidan keyin vujudga kelgan noqulay vaziyat» tufayli davlat rahbariga murojaat qilişga qaror qilingani ta'kidlanadi. Bundan taşqari, unda fuqarolar bandligini ta'minlaşni xususiy tadbirkorlarga berilişi xorijiy investorlarda ham işonç uyğotgani, hattoki, ular iştirokida mamlakatda xususiy bandlik agentliklari faoliyat körsatayotgani, Xalqaro mehnat taşkiloti singari taşkilotlar agentliklarga kömak berayotgani aytilar ekan, XBAlar faoliyatiga çek qöyilgudek bölsa, ehtimoliy salbiy oqibatlari sanab ötilgan.
«Birinçidan, Özbekiston mehnat bozori davlat tomonidan monopoliyaga qaytariladi. Bu, ehtimol, işga joylaşişga muhtoj bölgan köpsonli fuqarolarga sifatsiz va keçiktirgan holda xizmat körsatişga, noqonuniy mehnat migratsiyasiga hamda korrupsiya omillariga olib keladi.
Ikkinçidan, xalqaro hamjamiyat, şu jumladan, xorijiy sarmoyadorlar, mehnat va migratsiya sohasidagi mutaxassislarda salbiy fikrlar paydo bölişiga olib kelişi mumkin. Bu esa, Özbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi işbilarmonlik muhitiga ta'sir körsatmay qolmaydi.
Bundan taşqari, XMT Özbekiston fuqarolarini xorijiy mamlakatlarda işga joylaştiriş masalalari xususiy sektorga berilgaç, çet ellik hamkorlar bilan aloqalarni örnatişda xususiy bandlik agentliklariga har tomonlama kömak körsatmoqda va qöllab-quvvatlamoqda. Agarda, XBAlar faoliyati töxtatilsa, bu ham Özbekistonning mehnat migratsiyasi sohasida olib borayotgan siyosatida salbiy iz qoldirişi mumkin», - deyiladi jamoaviy murojaatda.
Mavzuga doir:

















