Joriy yilning 17 fevral kuni boş vazir Abdulla Aripov Human xususiy bandlik agentligidan jabr körgan fuqarolar bilan uçraşib, 1086 nafar aldangan fuqaroga qaytarilişi lozim bölgan 21 milliard sömdan ortiq moddiy zarar davlat tomonidan şoşilinç ravişda qoplab berilişini aytan edi. Buning ijrosini ta'minlaş uçun boş vazir Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri hamda «Ipotekabank» rahbariga topşiriq berib, barça jabrlanuvçilarga 2 kun içida bank plastik kartoçkasi oçib beriş va 24 soat içida kartoçkaga pul ötkazib beriş vazifasini yuklagan edi.
20 fevral holatiga qisqa muddat davomida 916 nafar undiruvçiga bank xizmat haqi undirilmasdan bank kartasi oçilib, şundan 819 nafariga sud hujjatida körsatilgan 17,2 mlrd söm pul mablağlari ötkazilişi ta'minlangan. Bundan taşqari, MIB matbuot xizmati tomonidan moddiy zararni qaytariş masalasida murojaat etmagan 69 nafar fuqaroga hududlarda taşkil etilgan işçi guruhlarga murojaat qilişlari va yetkazilgan zararlar qisqa muddatda ularning hisob raqamlariga ötkazilişi ma'lum qilingandi.
Ma'lum bölişiça, jabrlanuvçilar orasida hamon pullarini qaytarolmay ovora bölib yurganlar ham bor ekan. Jumladan, tahririyatga murojaat qilgan Ötkir Akmaloviç Karimovni ham ayni şu masala qiynamoqda.
U 2019 yilning 13 fevralida ukasi I.Karimov orqali Human xususiy bandlik agentligi bilan xorijda işga joylaştiriş böyiça xizmatlar körsatiş töğrisida şartnoma tuzib, agentlikka 23 mln söm pul tölagan.


«Şartnoma şartlariga köra, 6 oy içida meni jönatişlari kerak edi. Lekin jönatilmadim. Men şartnomani bekor qildim. Keyin agentlik ustidan jinoiy iş oçildi. Barça jabrlanganlarni tergov va sudga çaqirişgan. Meni ham ariza bilan murojaat qilganimdan söng Nurota tuman IIB TB tergovçisi söroq qilib, jabrlanuvçi deb topdi va tegişli hujjatlarni rasmiylaştirib, Toşkentga yuborişini aytdi. Lekin röyxatda ism-şarifim çiqmadi. Içki işlar organlariga bir neça bor murojaat qildim, ular «işingiz tergovda körib çiqilyapti», deyişadi. Lekin kim köryapti, qaysi bosqiçda bilmayapman», deydi O‘.Karimov.


















