Bugun, 28 yanvar kuni «Islom Karimov: ulkan tarixiy davrni mujassam etgan inson» fotoalbomi taqdimoti bölib ötdi.

Albomda Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyatini aks ettiruvçi suratlar jamlangan.

Fotoalbom köp yillar davomida birinçi davlat rahbarining fotosuratçisi bölgan, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Farhod Qurbonboyev va rassom Temur Qurbonboyev muallifligidagi noyob kadrlardan taşkil topgan.

Albomda Islom Abduğaniyeviçning rasmiy tadbirlar, çet elga qilingan rasmiy taşriflari muhrlangan suratlardan tortib, oila va döstlar davrasidagi hordiq damlari tuşirilgan lavhalarni ham köriş mumkin.

Taqdimotni birinçi prezidentning rafiqasi Tatyana Karimova albomning yaratiliş jarayoni xususidagi nutqi bilan oçib berdi.

«Albomning yaratilişi bir neça dona oq-qora tusdagi fotosuratdan boşlandi. Ularning noyobligi muallifning yondaşuvida, tanlangan rakursda edi. Ya'ni suratda aks etganlar rasmiyatçilikdan xoli, erkin va samimiy körinişda gavdalangan. Fotosuratlar nihoyatda haqqoniy işlangan bölib, birinçi prezidentning olmosdek ötkir va ehtirosli nigohi, yuzida aks etgan içki keçinmalari, uning serqirra, dunyoqaraşi keng, uzoqni köra biliş qobiliyatiga ega şaxs bölganidan dalolat beradi.  

Bir söz bilan aytganda, bu suratlarda Islom Abduğaniyeviçning sun'iylikdan xolis siymosini körişimiz mumkin. Şu bois ham biz Islom Karimov hayotining turli davrlari aks etgan köplab oq-qora suratlarni yaxlit albomda jamlaşga qaror qildik. Suratlar Özbekiston mustaqilligining dastlabki 25 yilligi haqida sözlaydi», deydi Tatyana Akbarovna.

Fotoalbom körgazmasi Islom Karimov xotira haftaligi doirasida bölib ötmoqda.