Masalan, insoniyat heç qaçon duç kelmagan viruslarning paydo bölişi. Bu haqda Tibet toğlaridagi muz qatlamini örganib, bir qator kutilmagan kaşfiyotlar qilgan AQŞ va Xitoy olimlari ogohlantirmoqda.

2015 yil Tibetda olimlar taxminan 15 ming yil oldin şakllangan muzlikdan namunalar saralab olişgan. 50 metr çuqurlikda qazib çiqarilgan namunalar keyinçalik sinçiklab tekşirildi. Endilikda, köp yillik mehnatdan söng, tadqiqot natijalari e'lon qilindi.
Ma'lum bölişiça, qadimgi muz namunalarida 33 guruh viruslar bölgan, xususan mikrobiologlar dastlab 28 guruh virusni kaşf etişgandi. Ya'ni, Tibet toğlarida joylaşgan muz qatlamlarida bugungi kunda sayyorada uçramaydigan viruslar mavjud, insoniyat sivilizatsiyasi ular bilan heç qaçon aloqada bölmagan.

Uşbu kaşfiyot sayyoramizning boşqa muzliklari ham ilgari noma'lum viruslarni öz içiga olişi mumkinligini anglatadi, ularning xilma-xilligi juda katta bölişi mumkin. Bugungi kunda sayyoramizning barça mintaqalarida, jumladan Grenlandiya va Antarktidada kuzatilayotgan muzliklar qisqarişi ulardagi viruslar «erkinlikka çiqişi»ga olib keladi. Yangi viruslar va mikroblarning paydo bölişi, albatta, mikrobiologlarning sayyoramizdagi hayot haqidagi bilimlarini töldiradi, ammo bu mavjud hayot şakllarining, şu jumladan odamlar hayoti uçun xavf tuğdirişi mumkin.

Yangi viruslar vaqti-vaqti bilan odamlar hayotida paydo bölib turadi. Ba'zan ular inson tanasiga yovvoyi kasal hayvonlar orqali yuqsa, ba'zida suv va oziq-ovqat bilan kirib boradi. Tibetda topilgan yangi viruslar qançalik xavfli ekanligini bugungi kunda heç kim taxmin qila olmaydi. Şunga qaramay, bunday tadqiqotlar sivilizatsiyamiz kelajagi uçun juda muhimdir, şuning uçun mutaxassislar sayyoramizdagi boşqa muzliklarni örganib, patogen mikroorganizmlar ma'lumotlar bazasini töldirişda davom etişmoqda.











