Samarqand viloyatining Paxtaçi tumanida toşdan oltin moddasi ajratiş sexi faoliyati foş etildi.
«Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtaçi tuman bölimi hamda tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan hamkorlikda, Paxtaçi tuman Sohilböyi köçasida ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.Q. va boşqalar «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasiga qaraşli «Qoraqöton» toğ tizmasidagi maxsus hududdan yaşirin ravişda tarkibida qimmatbaho oltin moddasi bölgan toş xomaşyosini öğirlik yöli bilan kavlab olib, «I.E» MÇJ.ga qaraşli issiqxonada yaşirin sex taşkil qilib, toş mahsulotlarini qayta işlaş orqali oltin moddasini ajratib oliş faoliyati bilan şuğullanib kelganliklari aniqlanib, ulardan 445 kg. toğ toşlari, 666 kg. qum hamda toğ jinslarini bölaklaş va maydalaşga möljallangan qölbola usulda yasalgan tegirmon va boşqa jihozlar aşyoviy dalil sifatida olingan.
«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining kimyoviy ekspertizasi xulosasiga köra, aşyoviy dalil sifatida olingan qum va toşlarning tarkibida ma'lum miqdorda oltin moddasi mavjudligi aniqlanib, ularning umumiy qiymati 12,2 mln sömni taşkil etgan», deyiladi Boş prokuratura matbuot xizmati xabarida.
Mazkur holat yuzasidan J.Q. va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.











