Özbekistonning Tataristondagi boş konsulligi rahbari Faridin Nasriyev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda şu mavzularda söz yuritdi.

– Konsullikka köproq qanday murojaatlar böladi?

– Murojaatlarga kelsak, kuniga 50-60 kişi bevosita konsullikka kelgan holda murojaat qilsa, yana şunça kişi telefon orqali qönğiroq qiladi. Bundan taşqari, elektron poçta orqali murojaatlar ham bor. Bularning barçasi biz uçun murojaat hisoblanadi. Albatta, ularning barçasi körib çiqiladi, biroq ba'zan biriga ustuvorlik beriladi, boşqa biri tezkorlik bilan körib çiqiladi.

Murojaatlarga doir bir-ikkita misol keltiraman, öquvçilar özlari xulosa çiqarib olişadi, deb öylayman.

Bir onaxonimiz Özbekistondan qönğiroq qildilar. Konsulligimiz xizmat körsatadigan hududda öğli va kelini yaşab, işlaşini, ularga begona şaxslar tajovuz qilayotganini aytdi. Biz barça ma'lumotlarni olib, yigitga qönğiroq qilsak, öçgan. Kelinining telefoni ham öçgan. Ular bizdan 70-80 km uzoqlikdagi bir şaharda edi. Öşa şahar politsiyasiga qönğiroq qildik, manzilini berdik. Politsiya öz naryadini yuborsa, ularga ham eşikni oçişmagan.

Bu yoqda onaxon yiğlab qönğiroq qilyapti. Özim ham yetib bordim. Eşikni oçadigan maxsus mutaxassislarni çaqirdik, eşikni buzib kirsak, er-xotin heç narsadan xabari yöq, uxlab yotibdi.

Biz onangizning qistovi bilan keldik, desak, onasi bilan arazlaşib qolgani va 2 haftadan buyon gaplaşmayotgani, unga qönğiroq qilmayotganini aytdi. Onaxonga vaziyatni tuşuntirib, nega unday yöl tutganini sörasam, şunday demasam, borib xabar olmasdingiz, deydi. Töppa-töğri, men bormasdim. Ammo biz va politsiya onaxonning murojaati bilan ovora bölib turgan vaqtda, haqiqatdan ham yordamga muhtoj boşqa bir fuqaro qiyin ahvolga tuşib qolişi mumkin-ku?! Qolaversa, politsiyaga boşqa haqiqiy holatda qönğiroq qilsak, ular qanday baho berişi mumkin?

– Fariddin aka, ijtimoiy tarmoqlarda konsulliklar faoliyati xususida turli gap-sözlar yuradi. Şular qançalik asosli?

– Bilasizmi, yuqorida aytganimdek, murojaatlar köp. Yana bir gap bor. Işini bitirgan, konsullikka bordim, işimni tezda hal qilib berdi, deb heç qaçon aytmaydi. Kimning işi turli sabablarga boğliq bölsa, bu sabablar esa, faqat bizga boğliq bölişi mumkin emas, u özining murojaati hal bölmayotgani haqida jar soladi.