«Sporting» yarimhimoyaçisi Brunu Fernandeş faoliyatini «Mançester Yunayted»da davom ettiradi. Bu haqda «MYu» rasmiy sayti ma'lum qildi.

Angliya klubi 25 yoşli futbolçi bilan kelişuvga erişilgani haqida rasman e'lon qildi. Futbolçi payşanba kuni tibbiy körikdan ötadi va klub bilan şartnoma imzolaydi.

Oldinroq, portugaliyalik futbolçining klub bilan 2025 yilgaça şartnoma imzolaşi va yillik 6 million yevro maoş olişi haqida xabar berilgandi. 

Ma'lumot uçun, «MYu» futbolçi uçun «Sporting»ga 55 million yevro transfer puli tölaydi hamda futbolçining natijasidan kelib çiqqan holda 25 million yevrogaça bonus tölaşi mumkin.