Angliyada mavsumning yana bir muhim öyini qoldi. Dunyoning eng köhna musobaqasi bölmiş Angliya kubogi finalida Mançester klublari özaro kuç sinaşadi. Biri yaqindagina qatorasiga törtinçi çempionligiga erişib rekord qöygan bölsa, ikkinçisi APL tarixidagi eng yomon mavsumini ötkazdi. Quyida «Mançester Yunayted» sardori Brunu Fernandeşning katta final oldidan öz muxlislariga hitobini öqişingiz mumkin. Portugaliyalik futbolçi baxonada öz ötmişi, oilasi, Mançesterga transferi haqida ham töxtalib ötgan.

«Angliya kubogi finali oldidan çin qalbimdan ba’zi sözlarimni aytmoqçiman. Tuşunaman, siz uçun bu mavsum oson bölmadi. Siz loyiq bölgandek öyin körsata olmadik. Aslida heç qaçon biz sizning qöllab quvvatlaşingizga mos ravişda javob bera olmaganmiz. Jamoa sardori sifatida boşqalardan ham köproq bu haqida öylayman va yelkamdagi mas’uliyatni tabiiy deb bilaman.

Bu klub – şunçaki, çiroyli gap topib, ijtimoiy tarmoqlarga yozib qöyişimdan ança kattaroq. Bu klub çindanam meni xayajonga soladi. Tört yil oldin bu yerga kelişim haqida eşitganimda qayerda bölganimni ham unuta olmayman. Yotoqxonamizdagi şkafning içida edim, işonasizmi?

Keçki soat önlarda agentim qönğiroq qilib qoldi. U paytda qizim uç yoşda, biz yotişga tayyorgarlik körayotgandik. Agentimga doim aytaman: agar transfer yuz foiz aniq bölmasa, menga aytib ötirma. Çalğişni, fikrim bölinişini xohlamayman, deb. Agar şu soatda qönğiroq qilayotgan bölsa, nimadir bor.

— Yangilikni eşitişga tayyormisan?

— Tinçlikmi?

— Angliyaga boramiz

— «Tottenhem»mi?

— Yöq, «Yunayted»

— Hazillaşmayapsanmi?

— Yöq, yöq. Jiddiy. Hammasi tayyor. Senga boğliq. Ötasanmi?

Javob ham bermadim. Avvaliga köz yoşlarim quyilib keldi. Uyoqda agentim Brunu, Brunu deb baqirayotgandi. Şu paytda rafiqam kirib qoldi.

— Brunu, nima böldi?

— Bu Migel. Aytişiça, «Yunayted» meni sotib olmoqçi.

— Şoşma, sen yiğlayapsanmi?

— Bilmayman, xursandçilikdan bölsa kerak.