Samarqand viloyati Paxtaçi tuman xalq ta'limi bölimi 28 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan «Nima, beçora bolalarni sovuqqa olib çiqib jazolaş endi yangi trendga aylandimi? Bu notöğri!» postiga munosabat bildirdi.
«Joriy yilning 28 yanvar kuni Paxtaçi tuman xalq ta'limi bölimi tasarrufidagi 28-umumiy örta ta'lim maktabidagi holat aks etgan «Nima, beçora bolalarni sovuqqa olib çiqib jazolaş endi yangi trendga aylandimi? Bu notöğri!» mazmunida ijtimoiy tarmoqlarda video material tarqaldi.
Uşbu holatga aniqlik kiritiş, 28-umumta'lim maktabi pedagogik jamoasi faoliyatida yöl qöyilayotgan kamçiliklarni muhokama qiliş maqsadida Paxtaçi tuman hokimligi, xalq ta'limi bölimi mas'ul xodimlari, tuman Nuroniy jamğarmasi, «Guliston» mahalla fuqarolar yiğini faollari hamda maktab öqituvçilari, öquvçilarning ota-onalari iştirokida yiğiliş taşkil etildi.
Ma'lum böldiki, haqiqatan ham uşbu umumta'lim muassasasi boşlanğiç sinf öqituvçisi Yu.B. öquv binosining ikkinçi qavatidagi sinfxonalardan birida dars maşğuloti ötiş davomida tartibsizlik qilgan öquvçilar D.D. va N.Ş.ga tanbeh beriş maqsadida sinfxonadan zalga çiqaradi. Öqituvçi bolalarga tanbeh berib, ularni yana sinfxonaga olib kirgan.

Yiğilişda öquvçilar — D.D. va N.Ş.ning ota-onalari tomonidan Yu.B.ning xatti-harakatlariga e'tiroz bildirilmadi. Aksinça, ota-onalar farzandlarining şöxligini tan olib, öqituvçining mehnatidan minnatdor ekanligini bildirişdi. Biroq, öqituvçi Yu.B.ning öquvçilarga nisbatan qattiqqöllik qilgani, vazifasiga nisbatan e'tiborsizlik qilgani uçun unga intizomiy jazo çorasi qöllandi», deyiladi Paxtaçi tuman xalq ta'limi bölimi xabarida.












