«Arsenal» «Sauthempton» himoyaçisi Sedrik Soareşning transferini e'lon qildi.

28 yoşli portugaliyalik futbolçi «töpçilar» tomonidan mavsum yakuniga qadar ijaraga olingan. Ijara uçun «avliyolar»ga 1 million funt tölanadi. Şuningdek, uning 65 ming funt sterling miqdoridagi haftalik maoşi londonliklar tomonidan tölab boriladi.

2020 yil yozida «Sauthempton» bilan şartnomasi muddati yakunlanadigan futbolçi erkin agent sifatida London klubiga keladi.

«Sauthempton» şartnomasi muddati tugaşiga yarim yil qolgan futbolçisini 6 mln funtga sotişni rejalaştirayotgandi.

Soareş – 2016 yili Portugaliya terma jamoasi bilan Yevropa çempioni bölgandi. U 2010-2015 yillarda «Sporting» klubi a'zosi bölgan, 2015 yildan buyon «Sauthempton» safida töp surib kelayotgandi (2018-19 yilgi mavsumning ikkinçi qismini «Inter»da ijara asosida ötkazgan).

Bundan avvalroq «Arsenal» «Flamengo»ning ispaniyalik himoyaçisi Pablo Marini keyinroq sotib oliş huquqi bilan ijaraga olgandi.