«Sporting» yarimhimoyaçisi Brunu Fernandeş rasman «Mançester Yunayted» öyinçisiga aylandi. Bu haqda ingliz klubi rasmiy sayti ma'lum qildi.
Mankunianliklar 25 yoşli futbolçi bilan 5,5 yillik şartnoma imzolanganini e'lon qilişdi. Şuningdek, bitimni yana bir yilga uzaytiriş imkoniyati ham bor.
Avvalroq yarimhimoyaçi Mançester klubida yiliga 6 mln yevro maoş olişi haqida aytilgandi. «MYu» Fernandeş uçun 55 mln yevro töladi. Bu qiymat bonuslar hisobiga 80 mlnga ham yetişi mumkin.
Brunu Fernandeş yangi klubidagi ilk fikrlari bilan örtoqlaşdi.
«Mançester Yunayted»ga bölgan muhabbatim Kriştianu Ronalduning öyinlarini tomoşa qilganimda boşlangan. Öşandan beri uşbu katta klubning muxlisiman.
«Mançester Yunayted»da ekanligimga işona olmayotgandekman. Men bunga erişiş uçun köp işladim. Bu jamoa muxlislari, libosi, logotipi uçun borimni beraman va jamoaga ijobiy natijalar hamda kuboklarni olib kelişga yordam beraman. «Sporting»ga barçasi uçun minnatdorçilik bildiraman.
«MYu»ning sobiq futbolçilari men haqimda aytgan yaxşi gaplarni eşitiş kutilmagan böldi. Olega va jamoadagi barça insonlarga işonçlari uçun katta rahmat», – deb Fernandeşning sözlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
Ma'lumot uçun, Kriştianu Ronaldu 2003-2009 yillarda «MYu»da öynagan.












