Hukumatning «Özkimyosanoat» AJ rahbar kadrlarini lavozimlarga tasdiqlaş töğrisida» qarori bilan «Özkimyosanoat» AJ boşqaruvi raisi vazifasini bajariş energetika vazirining birinçi örinbosari – «Özatom» agentligi boş direktori Jörabek Tursunpölatoviç Mirzamahmudovga yuklatilgan.

Jörabek Mirzamahmudov

Hujjatda belgilanişiça, «Özkimyosanoat» AJ aksiyadorlari umumiy yiğilişining navbatdan taşqari majlisida «Özkimyosanoat» AJ boşqaruvi raisi Odil Şukuroviç Temirovni egallab turgan lavozimidan  ozod etib, uşbu jamiyat boşqaruvi raisining birinçi örinbosari lavozimiga tasdiqlaş, şuningdek, «Özkimyosanoat» AJ boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Yevgeniy Aleksandroviç Korjikovni egallab turgan lavozimidan  ozod etib, uşbu jamiyat boşqaruvi raisining örinbosari lavozimiga tasdiqlaş, «Özkimyosanoat» AJ boşqaruvi raisining örinbosari Şavkat Rajabaliyeviç Nabiyevni boşqa işga ötişi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etiş masalalari körib çiqiladi.

Odil Temirov 2019 yilning fevralida Abduhoşim Abdullayev örniga «Özkimyosanoat» rahbari lavozimiga tayinlangandi.

Odil Şukuroviç Temirov