29 yanvar kuni Özbekiston hukumatining «Ayrim rahbarlarning şaxsiy mas'uliyatini körib çiqiş töğrisida»gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga muvofiq, transport sohasidagi işlar yetarli darajada taşkil qilinmaganligi va mutasaddi rahbarlarning şaxsiy mas'uliyatini yanada oşiriş maqsadida:
- Ilhom Rustamoviç Mahkamov transport vazirining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilib, vazirning birinçi örinbosari vazifasini bajaruvçi etib;
- Davron Tölqinoviç Dehqonov transport vazirining örinbosari lavozimidan ozod etilib, vazirning örinbosari vazifasini bajaruvçi etib;
- Abdurahmon Abdullayeviç Abduvaliyev transport vazirining örinbosari – Avtomobil yöllari qömitasi raisi lavozimidan ozod etilib, vazirning örinbosari - Avtomobil yöllari qömitasi raisi vazifasini bajaruvçi etib;
- Tolib Egamberdiyeviç Uljayev Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining direktori lavozimidan ozod etilib, uşbu agentlik direktori vazifasini bajaruvçi etib;
- Doniyor Baxtiyoroviç Ahmedov Transport vazirligi huzuridagi Temir yöllarda yuk va yölovçilar taşiş xavfsizligini nazorat qiliş inspeksiyasining boşliği lavozimidan ozod etilib, mazkur inspeksiya boşliği vazifasini bajaruvçi etib;
- Faxriddin Muhiddinoviç Salihov Transport vazirligi huzuridagi Yöl quriliş işlari sifatini nazorat qiliş inspeksiyasining boşliği lavozimidan ozod etilib, mazkur inspeksiya boşliği vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.
Şuningdek, «Özbekiston temir yöllari» va «Uzbekistan Airways» AJlar aksiyadorlari umumiy yiğilişining navbatdan taşqari majlisida Xusniddin Nuriddinoviç Xasilovni «Özbekiston temir yöllari» AJ boşqaruvi raisi lavozimidan ozod etib, uşbu jamiyat boşqaruvi raisi vazifasini bajaruvçi etib tasdiqlaş, «Uzbekistan Airways» AJ boşqaruvçisi vazifasini bajaruvçi Baxtiyor Ibragimoviç Xakimovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalalari körib çiqiladi.
Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev 28 yanvar kuni transport tizimini samarali taşkil etiş borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bağişlangan yiğilişda hanuz birorta xorijiy aviakompaniya jalb qilinmaganiga













