Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari vazifasini bajaruvçi Uluğbek Qosimxöjayev boşqa işga ötgani munosabati bilan vazifasidan ozod qilindi. 29 yanvar kuni Özbekiston prezidenti tegişli qarorni imzolagan.
U 2018 yilning avgustidan buyon qömitada mas'ul lavozimda işlab kelayotgandi.
1978 yilda Andijon viloyatida tuğilgan Uluğbek Qosimxöjayev 1997−2000 yillarda «Umid» prezident jamğarmasi yönalişi böyiça Peys universitetida (AQŞ) «Biznesni boşqariş» mutaxassisligi böyiça tahsil olgan. 2000−2002 yillarda Andijon viloyati hokimligida axborot-tahlil guruhi yetakçi mutaxassisi, söngra 2002−2005 yillarda mutaxassis, keyinçalik Vazirlar Mahkamasida yetakçi mutaxassis bölib işlagan.
2005−2007 yillarda Barri universitetida (AQŞ) magistraturada «Moliya» mutaxassisligi böyiça tahsil olgan, 2007−2013 yillarda Barri va Sunderbird (AQŞ) universitetlarida dars bergan. 2008−2013 yillarda Amerikada mehmonxonalar kompaniyasi direktori bölgan, 2013−2014 yillarda esa köçmas mulk investitsiya kompaniyasida direktor bölib işlagan, 2014 yilda AQŞda öz investitsiya kompaniyasini taşkil qilgan.
Bundan avvalroq, hukumat tuzilmasida Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari – Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş böyiça davlat qömitasi raisi lavozimi joriy etilib, bu lavozimga Aziz Abduhakimov tayinlandi. Bungaça Turizmni rivojlantiriş qömitasiga Abdulaziz Oqqulov rahbarlik qilayotgandi.

















