Kun.uz muxbiri ayni şu masalalar yuzasidan xorijiy davlatlarda öqib, işlaş jarayonida tajriba orttirgan va bugungi kunda Özbekistondagi nufuzli lavozim egalari – Abdulla Azizov va Uluğbek Qosimxöjayev bilan intervyu uyuştirgandi.
Intervyu avvalroq e'lon qilinib, ilk qismi matnlaştirilgan holda taqdim etilgan edi. Quyida suhbatning ikkinçi qismi matni juz'iy qisqartirişlar bilan e'lon qilinmoqda.
— Özbekistonda yoşlar taşkilotlari mustaqillikning ilk yillaridan boşlab, to hozirgaça davlatning qattiq nazoratida faoliyat yuritadi. Rivojlangan davlatlarda esa bu masalalar bilan nodavlat notijorat taşkilotlar işlaydi. Fikringiz qanday, nega bizda davlat bu riçagni qölida juda qattiq uşlab olgan?
Abdulla Azizov
— Xöş, tarixga nazar solsak, qaysi davr va qanday davlatlarda NNT rivojlangan? Javob şundayki, rivojlangan davlatlarda.
Insonning moddiy imkoniyatlari qaçon rivojlanar ekan, u jamiyatga hissa qöşiş, uni rivojlantiriş haqida öylay boşlaydi. Sizda qöşimça pul yöq, muammolaringiz esa köp ekan, jamiyat rivoji haqida öylolmaysiz.

Şuning uçun ham rivojlangan davlatlarda NNTlar juda köp. Öylaşimça, biz ham sekin-asta şu darajaga yetib kelyapmiz.
Ba'zi tanişlarim özaro suhbatlarda nodavlat taşkilotlar oçiş, bu orqali xalqqa nimadir yaxşilik qiliş haqida taklif berişadi. Ular buning uçun öz pulini tikişga tayyor.
Bizda jamiyat uçun ğoyalar berayotgan, NNT oçayotganlarga e'tibor bersangiz, ularning öziga töq, dunyo körgan kişilar ekanini körasiz.
Tan oliş kerak, bizda köp yillar bunday emasdi. Hamma narsa haqida faqat yuqoridan topşiriq tuşardi.
Öylaşimça, şu kabi NNTlar hozirdan köra yana 15-20 yildan keyin jamiyatga öz samarasini köproq beradi. Çunki ba'zi NNTlar köp narsani hamon yaxşi tuşunmasdan, şunçaki Yevropadan qolip olib qilmoqda.

















