Özbekistondagi 3 ta agentlik rahbariyatida tayinlovlar amalga oşirildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Hukumat qarorlariga bilan Şohrux Rahimov Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlaniş agentligi direktori etib tayinlandi.
Uluğbek Qosimxöjayev Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etiş agentligi direktori vazifasini bajaruvçi böldi.
Bundan taşqari, hukumat qarori bilan Rustam Azizov Strategik rivojlaniş agentligi boş direktorining birinçi örinbosari vazifasini bajaruvçi sifatida iş boşladi.
Aziz Ğofurov hamda Aleksey Sim Strategik rivojlaniş agentligi boş direktorining örinbosarlari vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.
















