Qayd etilishicha, profilaktika tadbirlari uchun 5 mln yevro ajratilgan.  

30 yanvarda Italiyada koronavirusdan kasallanish bilan bog‘liq 2 ta holat tasdiqlandi. Ular xitoylik ikki sayyoh bo‘lib, hozirda ularning qayerlarda bo‘lgani o‘rganilmoqda.

31 yanvardan Italiya Xitoy bilan aviaaloqani to‘xtatishga qaror qildi.

2 fevral kuni Italiyaga Xitoyning Xubey viloyatidan evakuatsiya qilinayotgan fuqarolar keltiriladi.  

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni jahon miqyosidagi favqulodda holat deb baholadi.