Yölovçi transporti xizmatlari körsatiş sohasida aholining huquqlari himoya qilinganligi holatiga baho beriş maqsadida Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi tomonidan dekabr oyida 1661 nafar iştirokçi örtasida ijtimoiy sörovnoma ötkazilgan.
Mazkur sörovnoma natijalari bugun, 31 yanvar kuni Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi mas'ullari iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida e'lon qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Butun respublikani qamrab olgan mazkur sörovnomalarda iştirok etganlarning 77 foizi jamoat transportidan foydalanişi aniqlandi.
Ularning 50 foizidan ortiği yönalişda qatnayotgan avtobus va mikroavtobuslar soni va ularning xizmat sifati qoniqtirmasligini bildirgan. 74,3 foiz qatnaşçi esa yangi yönalişlar oçiş böyiça takliflar bergan», – deya ma'lumot berdi Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi direktori Elmurod Hayitmetov.

Sörovnomaga köra, 29,7 foiz respondent bekatlar holatiga salbiy fikr bildirgan.
Bundan taşqari, avtobus va mikroavtobuslarda isitiş tizimining yaxşi işlamasligi, avtobuslarning bekatlarda uzoq vaqt turib qolişi haqida munosabat bildirilgan. Avtobus qatnov jadvali böyiça ma'lumotlarning mavjud emasligi ham köpçilik tomonidan qayd etilgan.
«Sörovnoma natijalari böyiça ma'lumot va takliflar Vazirlar Mahkamasi hamda Transport vazirligiga kiritildi», – deya qöşimça qildi Elmurod Hayitmetov.


















