Bu haqda arab davlatlari tashqi ishlar vazirlarining shoshilinch yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
"Arab davlatlari vazirlarining Qohirada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida qabul qilingan qaror Trampning rejasi rad etilishini tasdiqlaydi", - dedi Falastin tashqi ishlar vaziri Riyod al-Malikiy. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlar "jahon hamjamiyatini bu adolatsiz rejaga rozi bo‘lmaslikka chaqirgan".
"Biz Islom hamkorlik tashkiloti, Afrika ittifoqi va Qo‘shilmaslik harakatining qo‘llab-quvvatloviga erishamiz", - deb qo‘shib qo‘ydi u.
ADL bosh kotibi Ahmad Abu al-G‘aytning aytishicha, "qaror barcha arab davlatlari tomonidan qabul qilingan va "asr kelishuvi" rad etiladi".
Yakuniy bayonot matnida ushbu reja "Amerika-Isroil" rejasi deb atalgan.
Avvalroq Falastin milliy ma'muriyati rahbari Mahmud Abbos AQSh prezidenti Donald Tramp "asr kelishuvi"ni e'lon qilganidan so‘ng AQSh va Isroil bilan aloqalar uzilishini ma'lum qilgandi.











