21 yoşli Kenin final uçraşuvida ispaniyalik Garbine Mugurusani 4:6, 6:2, 6:2 hisobida mağlub etdi. Uçraşuv 2 soat 3 daqiqa davom etgan.

Kenin öz faoliyatida “Katta dubulğa” seriyasiga kiruvçi musobaqada ilk bor ğalaba qozondi. U şu natijasi evaziga keyinga hafta Ayollar tennis assotsiatsiyasi reytingida 15-örindan 7-öringa kötariladi.
Australian Open 2 fevralda erkaklar örtasidagi final bilan yakunlanadi. Hal qiluvçi uçraşuvda avstriyalik dominik Tim va serbiyalik Novak Jokoviç uçraşadi.
Musobaqaning umumiy mukofot jamğarmasi 49,1 mln dollarni taşkil qiladi. Ğoliblar 2,85 mln dollardan mukofot puli olişadi.











