Siyosiy partiyalar mamlakatdagi ommaviy noroziliklar ortida sobiq boş vazir Odil Abdulmahdiy iste'foga ketgandan keyin uning örnini egallaydigan nomzodni taklif qila olişmagan.
Alaviy mamlakatni muddatdan avval saylovlar ötkazilgunga qadar boşqaradi. U bir oy içida yangi hukumat şakllantirişi kerak böladi. Yangi boş vazir siyosiy bloklar vazirlar mahkamasidagi muhim lavozimlarga öz nomzodlarini suqiştirişga harakat qilsa, iste'foga ketişidan ogohlantirgan.
Iroqdagi ommaviy noroziliklar 2019 yil noyabrida boşlangan. Dastlab iqtisodiy islohotlar ötkazilişini talab qilgan namoyişçilar keyinroq hukumat iste'fosini talab qila boşlaşgan. Ba'zi ma'lumotlarga köra, namoyişçilarning huquq-tartibot idoralari bilan töqnaşuvlari oqibatida 500 ga yaqin odam halok bölgan.












