Hindistonning Kerala ştati Trissur okrugida yangi koronavirusdan zararlaniş böyiça ilk holat qayd etildi.
Virus uning tarqaliş öçoği hisoblangan Uxan şahridan uyiga qaytgan talaba qizda aniqlangan. Qiz Uxan universitetida ta'lim olgan.
Ta'kidlanişiça, bemorning ahvoli barqaror, u alohidalangan holda kuçli kuzatuv ostida qolmoqda. Bu haqda India Today naşri xabar berdi.
“Biz barça, jumladan xususiy şifoxonalarga şunga öxşaş alomatlarga ega bemorlar soğliği ortidan kuzatiş vazifasini topşirdik. Soğliqni saqlaş departamenti bemorlarni alohidalab, ularni davolaşni boşlaşga tayyor”, deb aytgan Kerala ştati soğliqni saqlaş vaziri K.K.Şaylay.
Reuters axborot agentligining xabar berişiça, Hindiston hukumatidagi yuqori lavozimli amaldorlardan biri virus yuqtiriş xavfi borligi sababli qizning Uxandan evakuatsiya qilinişini yaxşi variant bölmaganini aytgan.
Ötgan haftada Hindiston Uxanga fuqarolarini qaytariş uçun samolyotni hozirlab qöygan, biroq odamlarning evakuatsiya qilinişi jarayonini tartibga solişga harakat qilgan Xitoy hukumati roziligini kutgan.
“Virusi bölmagan fuqarolargina evakuatsiya qilinadi, ular Dehli taşqarisidagi karantin markaziga yetkaziladi”, deb aytgan amaldor.
AQŞ va Yaponiyaga Xitoydan öz fuqarolarini olib çiqişga ruxsat berilgaç, boşqa davlatlar ham Xitoydan buni qat'iyroq talab qila boşlagan.













