31 yanvar kuni Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasida olimlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va işlab çiqariş sektori vakillari bilan uçraşgan prezident Şavkat Mirziyoyev korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça tuziladigan yangi organ haqida gapirib ötdi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, davlat rahbari dastlab farmatsevtika tarmoğidagi muammolar va tizimning korrupsiyalaşgani haqida gapirgan.

«Farmatsevtika haqida oçiq gapiraylik, bizga har yili 1 mlrd dollarga yaqin dori importga kelyapti. 1 mlrd dollar. Özbekistonning valutasi qurtday ketyapti. Şuni har yili 200-250 mln.ini özimizda işlab çiqarsak bölmaydimi? Yöq, bizda yöq bunaqa narsa.

Bu tizimning hammasi korrupsiya, orqasida odamlar bor, poraxörlar bor. Katta-katta tizimlar bor. Mana biz qançasini sindiryapmiz hozir», – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Prezident endilikda amaldorlar xarajatlarining ular topadigan daromadga muvofiqligi qattiq nazoratga olinişini ta’kidladi.

«Nima uçun men korrupsiyaga qarşi kuraş organini tuzyapman? Bu organ «ura-ura» uçun yaratilmayapti, u amalda korrupsiya omillarini, vazirlar va boşqalarning qanday uyda yaşaşi, özini tutişi, maşina sotib olişi, bolasini qayerda öqitişi, umuman korrupsiya omillari qayerda, degan masalalarga javob beradigan tizim böladi.

Bu organ prezidentning yoki boşqa amaldorning oyligi bilan nima iş qiliş mumkinligini hisoblaydi. Biz bunga juda köp tayyorgarlik qilyapmiz va buni butun jamiyatga tarğib qilişimiz kerak.

Zamon özgaryapti, vahşiylikdan, öğrilikdan qutuliş kerak. Amaldorlar daromadining omillarini tuşuntirib bersa, haloli bölsin. Tiyilişi kerak, tiyilmayapti ayrim noinsoflar», dedi u.

Mirziyoyev öz nutqida şu kunlarda bojxona postlaridan birining boşliği hibsga olingani va uning uyidan 400 ming dollar topilgani haqida ham gapirdi.

«Keça bitta post rahbari qamaldi. Uyida 400 ming dollar. Bir kiçkina post rahbari. Bu hali bir kunlik. Biz dunyo hamjamiyati bizni tan olişi uçun harakat qilyapmiz. Şunday paytda bu kabi işlar davom etsa, nima böladi?

Mana şu tizimga rozi bölmagan kişini xalq oldida rahbar bölişga haqqi yöq, tönini taşlasin», – dedi prezident.