Zomin toğlari orasidagi mazkur sanatoriya – «Azim Zomin Şifo» soğlomlaştiriş va dam oliş markazining tibbiy imkoniyatlariga töxtalişdan oldin bu hududning noyob iqlimi haqda ham ikki oğiz.



Zomin toğlarini bekorga «Özbekiston Şveytsariyasi» deyişmaydi. Dengiz sathidan 2500 metr balandlik, betakror tabiat, qalin arçazorga burkangan toğlardan tuşayotgan muzdek zilol suv va şifobaxş buloqlarning özi jonga orom.
Öziga xos arça va qarağay örmonlarini ham boşqa joylardan topiş mahol. Bu yerdagi Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob ösimliklar alohida mavzu. Xuşböy ötlarning har biri qaysidir kasallikka şifo.
Ana şunday maskan – Zominning purviqor toğlari-yu, xuşmanzara arçazorlari, kişini sehrlab qöyadigan gözallikka boy va şifobaxş maskanda joylaşgan «Azim Zomin Şifo» sanatoriyasida dam olişni tasavvur qilib köring...
Umuman, Özbekistondagi rivojlanib borayotgan soğliqni saqlaş turizmini Zomin tabiatidan ayro tasavvur qilib bölmaydi. Tabiatning şifobaxş kuçi va zamonaviy tibbiyotning yutuqlari şubhasiz mazkur soğlomlaştiriş va dam oliş maskanida mujassam.


«Azim Zomin Şifo» sanatoriyasida yuqori malakali urolog, kardiolog, nevropatolog, ginekolog, stomatolog, endokrinolog vraçlar sizning salomatligingiz bilan şuğullanişadi.


2017 yil iyul oyida oçilgan uşbu sanatoriyada barça qulayliklarga ega bölgan yotoqxonalar va oilaviy kottedjlar mavjud.
Maskanda eng zamonaviy uskunalar vositasida 75 turdagi laboratoriya diagnostika xizmatlari körsatiladi. Birgina UZI apparati tekşiruvlarining barça turlari mavjud. Maxsus fitobarda toğ giyohlaridan turli damlamalar tayyorlanadi.


















