Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev Xitoy elçisi Tszyan Yan bilan uçraşdi. Uçraşuvda Özbekiston va Xitoy, xususan XXRning yirik provinsiyalari hamda şaharlari bilan Toşkent örtasidagi munosabatlarni rivojlantiriş masalasi muhokama etildi.

XXRning favqulodda va muxtor elçisi Tszyan Yan Özbekiston bilan Xitoy örtasidagi özaro savdo aylanmasi 7,6 mlrd. AQŞ dollaridan ortganligini ma'lum qilib, bu körsatkiçni bir neça barobar oşiriş imkoniyati borligini aytib ötdi.

Uçraşuvda ikki tomonlama aloqalarni rivojlantiriş masalasi atrofliça muhokama etildi. Özaro hamkorlikda farmatsevtika, elektronika, quyoş energetikasi, robototexnika, sabzavot va mevalarni qayta işlaş kabi qator sohalarni rivojlantiriş istiqbolli ekanligiga e'tibor qaratildi.

Tszyan Yan yaqin orada Guangjouda Özbekistonning boş konsulligi oçilişi rejalaştirilayotganligini ma'lum qilib, özaro hamkorlikdagi boşqa tadbirlarga ham töxtalib ötdi.

Şuningdek, tomonlar Toşkent şahrida xitoylik investorlar uçun yaratilgan imkoniyatlarga töxtalib, Xitoy tomonidan investitsiyalarni jadallaştiriş masalalarini muhokama qildilar.