2019 yil 12 oktyabrda keniyalik sportçi Eliud Kipçoge dunyoda birinçi bölib 42 km 200 metrlik marafon masofasini 2 soatdan kamroq vaqtda yugurib ötdi. Ta'kidlanişiça, Kipçoge bu yuguriş vaqtida Nike’ning aynan u uçun işlab çiqilgan va oddiy xaridorlar sotib olomaydigan AlphaFly krossovkasida bölgan.

Şuningdek, keniyalik marafonçi bir yil avval Nike Vaporfly krossovkasida Berlindagi marafonda ğolib bölgan. Mutaxassislarning hisoblab çiqişiça, yuguriş böyiça boş musobaqalar sovrindorlari bölgan 36 sportçidan 31 nafari aynan şu krossovkadan foydalangan.
Şundan keyin uyuşma tadqiqot ötkazib, Nike poyabzalida bölgan sportçilar haqiqatan ham boşqa brendlarnikiga qaraganda 4 foiz tezroq yugurişlarini aniqlagan.
Buning siri krossovkaning ğovak material va uglerod tolali plastinalardan tayyorlangan yengil taglikka egaligidadir. Bu komponentlar prujinalaş effektiga egaligi va yuqori bardoşligi sababli yuguriş vaqtida kuç sarfini kamaytirişga imkon beradi.
Ekspertlarning fikriça, musobaqalarda qöllanuvçi poyabzallarga hamma egalik qila olişi lozim. Bundan taşqari, krossovkalar sportçiga biror-bir ustunlik bermasligi kerak.
Şu sababli uyuşma 40 mmdan qalinroq va bittadan köproq plastinali tagliklarni taqiqlaşga qaror qildi. Bundan taşqari, 2020 yil 30 aprelidan boşlab sportçilarga rasmiy marafonlarga öşa vaqtda erkin savdoda 4 oydan köproq vaqt mobaynida sotuvda bölgan krossovkalardagina çiqişga ruxsat beriladi. Keniyalik sportçi foydalangan AlphaFly krossovkasi esa yuqoridagi mezonlarga töğri kelmagan va şu sababli uni “texnologik doping” deb topişgan.
Şuningdek, joriy yilda Tokioda ötadigan yozgi Olimpiada yakunlanguniga qadar sport poyabzallari yaratişda yangi texnologiyalar qöllaşga vaqtinçalik taqiq joriy qilindi.











