Osiyo çempionlar ligasining 3-turidan örin olgan navbatdagi uçraşuvda «Nasaf» Qatarning «As-Sadd» jamoasini qabul qildi.
Uçraşuvning asosiy qismida «Nasaf» ustunlik qildi. Birinçi bölimda köplab vaziyatlar yaratgan jamoa gol kiritişning uddasidan çiqa olmadi. Bobur Abduholiqovning goli esa ofsayd deb hisobga olinmadi.
Ikkinçi bölimda oldinga borişni töxtatmagan «Nasaf» 62-daqiqada penaltidan gol kiritişga muvaffaq böldi. Abduholiqovga nisbatan işlatilgan qöpollikdan söng belgilangan jarima zarbasini Aziz Ğaniyev aniq amalga oşirib, hisobni oçdi. Uşbu natija öyin söngiga qadar özgarmay qoldi.
Natijada ketma-ket ikkita uy uçrşaşuvida ğalaba qozongan «Nasaf» 6 oçko töplab guruh yetakçilaridan biriga aylanib oldi.
OÇL-2018
«S» guruhi, 3-tur
«Nasaf» (Özbekiston) – «As-Sadd» (Qatar) 1:0 (0:0)
Gol: Azizjon Ğaniyev (62, penalti).
«Nasaf»: 35. Sanjar Quvvatov, 55. Slavko Lukiç, 22. Igor Golban, 92. Umar Eşmurodov, 31. Saydullo Rahmatov, 7. Odiljon Hamrobekov, 6. Aziz Ğaniyev, 77. Jasur Hasanov (14. Şarof Muhitdinov, 87), 27. Islom Raşidxonov (21. Jahongir Aliyev, 90), 20. Islom Kenjaboyev (4. Maqsud Karimov, 79), 10. Bobir Abdixoliqov.
«As-Sadd»: 1. Saad Alşii, 2. Pedro Korrea, 3.Yosir Isa (8.Ali Asad, 71), 5. Jugurta Hamron (17.Hasan Ahmad, 82), 12. Hamid Ismoil Xalifa, 14. Abdulkarim Hassan, 37. Ahmad Suhayil, 16. Bualem Kuxi (10. Hassan Al Haydos, 61), 20.Salim Ali al-Hajriy, 96. Akram Afif, 11.Bağdod Bunyodjah.
Ogohlantirişlar: Ahmad (19), Rahmatov (21),












