Osiyo çempionlar ligasining 3-turidan örin olgan «Nasaf» va «As-Sadd» jamoalariga qarşi uçraşuvdan (1:0) söng yagona gol muallifi Azizjon Ğaniyev öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
«Muxlislarga katta rahmat aytmoqçiman. Öyinga ança jiddiy tayyorgarlik körgandik. Şu sababdan ham ğalabaga haqli edik.
Bugungi öyinga Xavi keladi deyişgandi. Muxlislar şuning hisobiga ham köp bölgan bölişi mumkin. Lekin bugun bizga Xavi ham xalal bera olmasdi.
«Nasaf» şu paytgaça OÇLda Qatar klubini mağlub eta olmagandi? Mana ğalaba qozondik. Yangi tarix yaratdik. Bugungi ğalabaga xissa qöşganimdan xursandman», - deya gapirib ötdi Ğaniyev Sport telekanali jonli efirida.












