Tegişli qonun loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga quyidagi özgartişlar va qöşimça kiritiladi:
224-moddaning (Jinoyat işi qözğatilgunga qadar uşlab turiş tartibi) matni quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Içki işlar organi xodimi, boşqa vakolatli şaxs uşlab turişning uşbu Kodeksning 221-moddasida (Uşlab turiş asoslari - tah.) körsatilgan asoslardan bittasi mavjudligini bevosita körib yoki boşqa şohidlarning sözlaridan aniqlasa quyidagilarga:
1) gumon qilinuvçiga u jinoyat sodir etişda gumon qilib uşlanganligini bildirişga;
2) gumon qilinuvçidan yaqin oradagi içki işlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvçi boşqa organga birga borişini talab qilişga;
3) uşlayotgan şaxsga özini taniştirişga va uşlanayotgan şaxsning talabiga köra şaxsini tasdiqlovçi hujjatni körsatişga;
4) uşlab turilgan şaxsga advokatga yoki yaqin qarindoşiga telefon orqali qönğiroq qiliş yoki xabar beriş, himoyaçiga ega böliş, körsatuvlar berişni rad etişga bölgan protsessual huquqlarini tuşuntirişga;
5) uşlab turilgan bergan körsatuvlardan jinoyat işiga doir dalillar sifatida uning öziga qarşi foydalanilişi mumkinligini bildirişga majburlar.
Uşlanayotgan şaxsda qurol borligi yoki u jinoyat sodir etganligini foş qiluvçi dalillardan qutuliş niyatida ekanligini taxmin qilişga yetarli asoslar mavjud bölsa, uşlayotgan vakolatli şaxs uni şaxsiy tintuv qilişga va olib qöyiş ötkazişga haqlidir. Şaxsiy tintuv yoki olib qöyiş ötkaziş töğrisidagi bayonnoma uşlangan şaxs içki işlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvçi boşqa organga keltirilganidan söng xolislar huzurida tuzilişi mumkin.
Uşbu moddaning birinçi va ikkinçi qismlarida nazarda tutilgan protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilişi şart.
Uşbu moddaning birinçi va ikkinçi qismlarida nazarda tutilgan protsessual harakatlarni ötkazişning keçiktirib bölmaydigan hollarida, ularni videoyozuv orqali qayd etilmasdan ötkazişga yöl qöyiladi. Uşbu qoida içki işlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvçi boşqa organ binosida ötkaziladigan uşlaşga tatbiq etilmaydi. Şaxsni uşlaş videoyozuv orqali qayd etilmagan hollarda içki işlar organi xodimi yoki boşqa vakolatli şaxs uşlab turilgan şaxsni yaqin oradagi içki işlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvçi boşqa organga olib kelinganidan söng videoyozuvni qöllangan holda uning protsessual huquqlari majburiy tartibda tuşuntiradi. Videoyozuv uni namoyiş qiliş orqali uşlab turilgan şaxsga taniştiriş uçun taqdim etiladi.
Şaxsni yalanğoçlaş bilan boğliq şaxsiy tintuvni videoyozuv orqali qayd etiş taqiqlanadi.
Protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilganligi haqida bayonnomaga yozib qöyiladi. Videoyozuv materiallari bayonnomaga qöşib qöyiladi.
Agar uşlangan şaxs iş yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarliça bilmasa yoxud mastlik, giyohvandlik yoki boşqa holatlarga köra özining huquqlari tuşuntirilişini töğri anglaşga qodir bölmasa, gumon qilinuvçining huquqlari unga tarjimon (zarur hollarda) va (yoki) uning qonuniy vakili yoki yaqin qarindoşi iştirokida birinçi söroqqaça tuşuntirilib, bu haqda bayonnomaga yozib qöyiladi.
Vakolatli şaxslar va fuqarolar qonunga xilof yoki asossiz uşlab turganlik yoxud uşlaş vaqtida vakolatlari doirasidan çetga çiqqanlik uçun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladilar”.
Uşbu qismning amaldagi tahriri quyidagiça:
“Içki işlar organi xodimi, boşqa vakolatli şaxs uşlab turişning uşbu Kodeksning 221-moddasida körsatilgan asoslardan bittasi mavjudligini bevosita körib yoki boşqa şohidlarning sözlaridan aniqlasa, gumon qilinuvçiga u jinoyat sodir etişda gumon qilib uşlanganligini bildirişlari va undan yaqin oradagi içki işlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvçi boşqa organga birga borişini talab qilişi şart. Şu bilan birga, içki işlar organi xodimi, boşqa vakolatli şaxs uşlab turilgan şaxsga advokatga yoki yaqin qarindoşiga telefon orqali qönğiroq qiliş yoki xabar beriş, himoyaçiga ega böliş, körsatuvlar berişni rad etişga bölgan protsessual huquqlarini tuşuntirişi, şuningdek u bergan körsatuvlardan jinoyat işiga doir dalillar sifatida uning öziga qarşi foydalanilişi mumkinligini bildirişi şart. Bunda uşlayotgan şaxs özini taniştirişi va uşlanayotgan şaxsning talabiga köra şaxsini tasdiqlovçi hujjatni körsatişi şart.
Uşlanayotgan şaxsda qurol borligi yoki u jinoyat sodir etganligini foş qiluvçi dalillardan qutuliş niyatida ekanligini taxmin qilişga yetarli asoslar mavjud bölsa, uşlayotgan vakolatli şaxs uni şaxsiy tintuv qilişga va olib qöyiş ötkazişga haqlidir. Şaxsiy tintuv yoki olib qöyiş ötkaziş töğrisidagi bayonnoma uşlangan şaxs içki işlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvçi boşqa organga keltirilganidan söng xolislar huzurida tuzilişi mumkin.
Vakolatli şaxslar va fuqarolar qonunga xilof yoki asossiz uşlab turganlik yoxud uşlaş vaqtida vakolatlari doirasidan çetga çiqqanlik uçun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladilar”.












