Istanbulda samolyot qattiq qo‘nishi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi ham jarohatlandi
Istanbul shahridagi aeroportga samolyotning qattiq qo‘nishi oqibatida jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarosi ham bor.
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi (Turkiya) bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2020 yil 5 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00da (Toshkent vaqti bilan 20:00) Istanbul shahridagi aeroportga samolyotning qattiq qo‘nishi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi B.S. jarohatlandi.
Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotida aytilishicha, B.S. «Medikana» klinikasi joylashtirilgan.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va fuqaroga yordam berish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda, deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, Turkiya hududida bo‘lib turgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Anqara shahridagi elchixonasiga (tel.: +90 312-441-17-46, +90 312-441-38-71/72) yoki Istanbul shahridagi bosh konsulxonasiga (tel.: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75) murojaat qilishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Istanbul aeroportiga qo‘nish vaqtida Pegasus aviakompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, qismlarga ajraldi va yonib ketdi.
Bortda 177 nafar yo‘lovchi hamda olti nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan. Hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, 170dan ortiq inson jarohat oldi.
Mavzuga oid
20:10 / 10.11.2024
XKSda qolgan astronavt keskin vazn yo‘qotmoqda
00:51 / 06.11.2024
Boeing xodimlari ish tashlashni to‘xtatdi va korporatsiyaning yangi shartlarini qabul qildi
20:33 / 31.10.2024
Turkiya Respublikasining 101 yilligini nishonlayotgan Istanbul – fotoreportaj
21:06 / 24.10.2024