JSST boş direktori Tedros Adanom Gebreyyesusning ta'kidlaşiça, uşbu mablağ yaqin 3 oyda virusga qarşi amaliyotlarni amalga oşiriş uçun zarur.

Gebreyyesusning aytişiça, JSST 5 fevraldan “davlatlarning koronavirus tarqalişi oldini olişi, uni aniqlaşi va yuqişi diagnostikasida qöllab-quvvatlaş uçun strategik tayyorgarlik rejasini” işga tuşiradi.  

JSST rahbarining ta'kidlaşiça, “675 mln dollar - katta pul, biroq u tayyorgarlik tadbirlariga hoziroq sarmoya ajratilmasa, unda keyin tölanişi mumkin bölgan haqdan ança kamroqdir”.  

Gebreyyesusning aytişiça, koronavirusni “siyosiy, texnik va moliyaviy yakdilliksiz yengib bölmaydi”. Uning tuşuntirişiça, söralayotgan mablağdan 60 mln dollari JSST ötkazadigan amaliyotlar uçun, qolgani esa “alohida xavfga ega” davlatlar uçun möljallangan.

Gebreyyesus JSST Xitoy hukumatining virusning tarqaliş markazi – Uxan şahrida virusga qarşi amalga oşirayotgan sa'y-harakatlarini qöllab-quvvatlaşini aytgan.   

Uning ma'lum qilişiça, yaqin orada Xitoyga JSST rahbarligida işlaydigan, yuqumli kasalliklar böyiça mutaxassislar xalqaro guruhi jönatiladi.