Webometrics ranking of World Universities xalqaro reyting tizimi bugungi kunda dunyo miqyosidagi eng taniqli xalqaro mustaqil ilmiy reyting tizimi hisoblanadi. Mazkur xalqaro tuzilma jahonning 30 mingga yaqin oliy öquv yurtlarini reyting natijalarini e'lon qilişda ilmiy işlar, ilmiy maqolalar, öquv jarayonlari veb-saytlar sifati, iş beruvçilar, jamoatçilik fikri va boşqa körsatkiçlarni hisobga oladi.

Global reytingda birinçi örinni Garvard universiteti, ikkinçi örinni Stenford universiteti, uçinçi örinni Massaçusets texnologik instituti egalladi.

Uşbu xalqaro reytingda Özbekistondagi 85 oliy öquv yurti orasidagi kuçli öntaligini jadvalda köriş mumkin. Şular içida 2020 yil yanvar oyi holatiga Özbekiston Milliy universiteti birinçi, Toşkent pediatriya meditsina instituti Nukus filiali ikkinçi, Samarqand Davlat meditsina instituti uçinçi örinni egallab turibdi.

Ma'lumki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va örta maxsus ta'lim tizimiga boşqaruvning yangi tamoyillarini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarorida Oliy ta'lim muassasalari rasmiy veb-saytlarini "Webometrics" xalqaro universitetlar veb-saytlari reytingi talablari asosida qayta işlab çiqiş va ma'lumotlar bilan boyitiş belgilangan.