Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqaro bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan YPX inspektori egallab turgan lavozimidan ozod etildi
Qashqadaryo viloyatida bodi-kamera taqmagan va fuqaro bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan YPX inspektori egallab turgan lavozimidan ozod etildi
2020 yil 2 fevral kuni internet tarmog‘ida Qashqadaryo viloyatida bodi-kamera taqmagan YPX inspektori haydovchidan hujjat talab qilgani, haydovchi esa bunga e'tiroz bildirganiga oid videotasvir tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan YPX katta inspektori B.F.ga nisbatan viloyat IIB mas'ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.
Respublika YHXBB axborot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, o‘tkazilgan tekshiruv davomida YPX katta inspektori B.F. xizmat faoliyatini olib borishi davomida, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori va IIVning me'yoriy hujjatlarida ko‘rsatilgan talablariga rioya etmasdan, fuqarolar bilan bepisandlarcha qo‘pol munosabatda bo‘lib, o‘zining intizomsizligini namoyon qilib, fuqarolar ongida IIO xodimlari to‘g‘risida salbiy fikrlarni uyg‘onishiga sababchi bo‘lgan.
Ma'lumotda aytilishicha, u egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Mavzuga oid
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026
“Boshim og‘riganda choy qilib ichib turardim” – Qashqadaryoda IIB xodimi uyidan marixuana topildi
09:48 / 02.05.2026