Şundan keyin 12 mlnlik şaharda barça köngiloçar tadbirlar taqiqlangan, bozorlar va odamlar töplanişi mumkin bölgan joylar yopilgan. Jamoat transporti qatnovi, temir yöl va aviaaloqa töxtatilgan.
Şuningdek, Uxan markazida şaxsiy avtomobillardan foydalaniş taqiqlangan. Faqatgina taksi va zaxiralar taşuvçi transport vositalariga harakatlanişga ruxsat berilgan.
Şaharning aksariyat aholisi öz uylarida qolmoqda va vaqti-vaqti bilangina oziq-ovqat va himoya niqoblari uçun köçaga çiqmoqda. Yaqindagina hayot mavj urayotgan uşbu megapolis böşab qolgan.
Uxandan keyin u bilan qöşni 15 şahar ham karantinga yopilgandi. Umumiy hisobda 45 mln kişi izolyatsiyada qolmoqda.
“Arvoh-şahar”ga aylangan Uxanning hozirgi manzaralarini dronlar yordamida olingan videoda köriş mumkin.
Drone footage shows almost empty streets in typically bustling Wuhan, China, amid a citywide lockdown over the deadly coronavirus outbreak.
— ABC News (@ABC) February 4, 2020
The viral outbreak has infected more than 20,600 people globally. https://t.co/K9g7lCir38 pic.twitter.com/ZctumKNM1Q
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Xitoyda koronavirusning yangi turi tufayli kelib çiqqan zotiljamdan vafot etganlar soni 722 nafarga yetdi, 34546 kişida kasallaniş holati qayd etildi.













