Internetda Qöqon şahrida yuz bergan YTH tasvirlangan videolavhalar tarqaldi.  Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti rasmiy ma'lumot bilan çiqdi.

Qayd etilişiça, 2020 yilning 7 fevral kuni soat 21:00larda haydovçi, 24 yoşli A.R. boşqaruvida bölgan Spark rusumli avtomaşinasida Qöqon şahar Turkiston köçasidan Ğiştköprik köçasi yönalişi tomon harakatlanib çorrahaga kelganida, öziga nisbatan yölning öng tomonidan harakatlanib kelayotgan 37 yoşli A.X.ning boşqaruvidagi Nexia rusumli avtomaşina bilan töqnaşuv sodir qilgan. 

Natijada, Spark avtomaşinasining motor qismi Nexia avtomaşinasining old qismiga urilişi oqibatida qisqa tutaşuv hosil bölgan hamda yonğin kelib çiqqan. Haydovçilar heç qanday tan jarohati olmagan hamda şifoxonaga murojaat qilmagan.

Qöqon şahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.