Joriy yilning 7 fevral kuni soat 17:45 atrofida poytaxtning Sergeli tumani Nilufar va Nilufar-3 tor köçalari çorrahasida avtobus va yengil avtomobil iştirokida yöl-transport hodisasi yuz berdi.
“Toşşahartransxizmat” ma'lumotlariga köra, 12-avtobus saroyi tasarrufidagi 117-yönalişda qatnovçi "Isuzu" rusumidagi avtobus öz yönalişi böyiça birinçi darajali yöldan, ya'ni Nilufar köçasi böylab harakatlanayotgan vaqtda, ikkinçi darajali yöldan ya'ni, Nilufar 3-tor köçasidan harakatlanib kelayotgan “Captiva” rusumidagi yengil avtomobili avtobusning çap orqa qismiga bergan zarbi natijasida avtobus öz muvozanatini yöqotib, ağdarilgan.

YTH natijasida ikki nafar yölovçi yengil şikastlandi va ularga tez tibbiy yordam körsatildi. Hodisa yuzasidan YHXB tomonidan tergov-suriştiruv işlari olib borilmoqda.
“Hurmatli haydovçilar! Avtomobil yöllarining tartibga solinmagan qismlarida yöl harakati qoidalariga rioya qiling, huşyor böling”, - deyiladi xabarda.












