Tailand şimolidagi Nakxonratçasima şahrida harbiy xizmatçining otişma uyuştirişi oqibatida 12 kişi halok böldi. Bu haqda Bangkok Post gazetasi xabar bermoqda.

Naşrning yozişiça, hodisa natijasida köplab kişilar jarohatlangan, ammo ularning aniq soni keltirilmayapti. 

Askar dastlab harbiy lagerda öz komandiri va ikki kişini otib taşlagan, söngra maşinaga ötirib qoçib ketgan. U Muang rayonidagi "Terminal-21" savdo markaziga yöl olgan va u yerga yetib borgunça yölida uçragan ötkinçilarni öqqa tutgan. Sönggi ma'lumotlarga köra, u savdo markazining törtinçi qavatiga yaşiringan va 16 kişini garovda uşlab turibdi.

Askar savdo markazidagi harakatlarini Facebook orqali jonli tarzda namoyiş etgan. Oradan bir oz vaqt ötib uning sahifasi bloklangan. Harbiylarning ma'lumot berişlariça, u Çakrapant Txomma ismli kapraldir.