Özbekiston MMA assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar qilişiça, Özbekiston aralaş jang san'atlari assotsiatsiyasi IMMAF (Xalqaro aralaş jang san'atlari federatsiyasi) tarkibiga kiritilgan.

«9 fevral kuni Nur-Sultonda Xalqaro aralaş jang san'atlari federatsiyasi kengaşining yakuniga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. 

Örta Osiyo MMA konfederatsiyasi tuzilib, uning rahbari etib Özbekiston aralaş jang san'atlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov, vitse-prezident lavozimlariga esa Iskander Karim va Valixan Ten tayinlandi», deyiladi xabarda.

Anjuman yakunida Qozoğistonda birinçi marta Aralaş yakkakuraş böyiça Osiyo çempionati 2020 yilning iyun oyida ötkazilişi belgilangan.

Eslatib ötamiz, 2019 yilning noyabrida Özbekistonda Aralaş jang san'atlari assotsiatsiyasi taşkil etilgan, Otabek Umarov esa assotsiatsiya prezidenti etib saylangandi.

Ma'lumot uçun, Özbekiston prezidentining ikkinçi kuyovi bölgan Otabek Umarov 2019 yil martidan buyon Triatlon federatsiyasi raisi hisoblanadi.