Dastlabki ma'lumotlarga köra, «Damas» rusumli transport vositasi haydovçisi, 1957 yilda tuğilgan A.Ya. boşqaruvni yöqotib, qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan va röparasidan kelayotgan Xiva tumanida yaşovçi, 1984 yilda tuğilgan, Ş.M. boşqaruvidagi «Moskviç-412» rusumli avtomobil bilan töqnaşuv sodir etgan.
YTH oqibatida «Damas» haydovçisi voqea joyida vafot etgan, «Moskviç» yölovçisi, Xiva tumanida yaşovçi, 1989 yilda tuğilgan F.N. tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.
«Hurmatli harakat iştirokçilari, yöllarda harakatlanayotganda yöl harakati qoidalariga amal qilib, belgilangan tezlik talablari, yöl belgilari va svetofor işoralariga rioya qilişlaringizni sörab qolamiz. Şundagina közlagan manzilingizga, oilangiz bağriga eson-omon yetib olasiz», deyiladi xabarda.












