Bugun, 8 fevral kuni Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasi bölib ötdi. Unda özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi, uni rivojlantiriş borasidagi muammolar, şuningdek, til ta'limi va tilşunoslik ilmidagi kamçiliklar muhokama qilindi.

Qonunçilik palatasi deputati Milliy tiklaniş partiyasi rahbari Alişer Qodirov «Davlat tili töğrisida»gi Qonun nomlaş, atamalar, reklamalar, peşlavhalarni tartibga solişini aytib ötar ekan, uning 20-moddasida körsatilgan holatlarga amal qilmaslik böyiça jazo çorasi belgilanmaganini ham qöşimça qildi.
Xususan, uşbu moddada şunday deyiladi: «Lavhalar, e'lonlar, narxnomalar va boşqa körgazmali hamda oğzaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylaştiriladi va e'lon qilinadi hamda boşqa tillarda tarjimasi berilişi mumkin».

Ammo Milliy tiklaniş partiyasi vakili Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 42-moddasida «Davlat tili töğrisida»gi qonunni buzganlik uçun mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori ikki baravarida jarimaga tortilişi belgilanganini qöşimça qildi.
Alişer Qodirov davlat idoralaridagi mavjud vaziyatni qöşni Qozoğiston Respublikasi bilan taqqoslar ekan, davlat tilini bilmagan odam işga kirolmasligini, Özbekistonda esa davlat xizmatida özbek tili köp hollarda işlatilmayotganini ta'kidladi.
U şuningdek, şunday qöşimça qildi: «Davlat tiliga bölgan hurmat boşqa tillarga nisbatan behurmatlik emas, buni siyosiylaştirmaslik kerak».

Adliya vazirligi qonunçilik boş boşqarmasi boşliği Alişer Karimov qonunçilikda davlat tilining hozirgi örni haqida ma'lumot berdi.
«Qonun loyihalarini işlab çiqiş va tegişli qabul qiluvçi organlarga yetkaziş böyiça tizimli işlarni yölga qöydik. 2019 yilda davlat tilida tayyorlanayotgan loyihalar 80 foizga kötarilgan, joriy yilda töliq davlat tilida tayyorlaş va boşqa tillardagilarni ötkazmaslik reja qilingan.
«Davlat tili töğrisida»gi Qonun e'tiboridan özbek tilidagi hujjat ustuvor yuridik kuçga ega bölişi kerak, lekin amalda unday emas», dedi Adliya vazirligi boşqarma boşliği.











