Bugun, 9 fevral kuni har ikki jamoa «Paxtakor» stadionida maşğulot ötkazişdi. Darvoqe, «Paxtakor» stadioni yopilişi kerak edi, ammo uning örnida yangi stadion qurilişi haqidagi gaplar şunçaki şov-şuv bölib çiqdi. Bugungi maşğulotlar vaqtida barçaning e'tibori «Şabob Al Ahli» futbolçisi Aziz Ğaniyevda böldi. Yaqindagina BAA jamoasi safida ötgan Aziz yangi jamoasidagi ilk öyini Özbekistonda ötkazişi mumkin.

«Şabob Al Ahli» ayni damda BAA çempionatida yetakçilik qilmoqda. Ahmad Halil 16-turdan keyin 36 oçko bilan 1-poğonaga joylaşgan. Jamoa murabbiyi Aziz Ğaniyev bu öyinga tayyorligini, ammo hali jamoa uslubiga tuşib olişi kerakligini aytdi. Bu esa Aziz katta ehtimol bilan ertaga asosiy tarkibda tuşmasligini bildiradi. Ammo murabbiy uni ikkinçi tarkibda tuşirişini ham istisno qilmaymiz.

«Paxtakor» haqida gapiradigan bölsak, Arveladze jamoasi juda yaxşi holatda. Milliy jamoa boş murabbiyi Vadim Abramov ham «Paxtakor»çilarni BAAdagi yiğinga çaqirmay ularga yana yengillik berdi. «Paxtakor» futbolçilari yaxşi xordiq olib mavsumga tayyorlanişdi. Mavsumoldi yiğin ham issiq BAAda ötkazildi. Arveladze jamoasi Eren Derdiyukdek kuçli hujumçi bilan kuçaydi. Katta ehtimol, «Paxtakor» 4-2-3-1 taktikasida öynaşni davom ettirsa kerak. Bu sxemada Derdiyuk hujumning oldingi çiziğida öynaydi. Çeran, Hamdamov va Maşaripov esa hujumkor uçlikni taşkil qiladi.

Quyida «Paxtakor» va «Şabob Al Ahli» jamoalarining maşğulotidan tayyorlangan fotogalereyani tomoşa qilişingiz mumkin.