Namangan viloyatining Çust tumanidan bölgan sartaroş hozirgi kasbi bilan pul topguniga qadar köp qiyinçiliklarga duç kelganini gapirib berdi.

«Işni qarzga boşlaganman»

– Rossiyaga birinçi marta 2009 yilda kelganman. Iş yaxşi bölmagan. Zörğa yölkiraga pul topib, qaytib ketganmiz. Keyin yana 2010 yilning boşida keldim. Kelib ofitsiantlik qilganman. Til bilganim uçun şeriklarimga öxşab unçalik qiynalmadim. Biroz işlab, avgust oyida institutga kiriş uçun uyga qaytdim. Institutga ham kira olmadim.

Ança vaqt ötdi, şaroitim ham oğirlaşdi. Keyin 2017 yili qarz olib, yana Rossiyaga keldim. Boşida juda qiynaldim, qarzlarim köp edi. Dökonda işladim, afsuski u ham yopilib ketdi. Toşkentlik bir opamning yordamida sartaroşxona oçdim. Işni qarzga boşlaganman. Dastlab şu yerlik bolalarning soçini tekinga olardim. Keyin sekin-sekin işim rivojlana boşladi.

Rossiyaga kelganimda kvartira muammosiga duç kelganman. Özi biletni qarzga olib kelganman. Yana bu yerda kvartira va patentga ham pul tölaş odamni ança qiynab qöyadi. Köpçilik iş topişda qiynaladi. Lekin internetni yaxşi tuşunganim va tilni bilganim menga foyda bölgan. Kelişimdan oldin internetga e'lon berib, işni aniq qilib kelganman.

«Pul töplab olsam, Özbekistonga qaytaman»

– Moskvada işlaşning yaxşi tomoni, bu yerda pul topiş osonroq. Rossiyada qörqmaysiz. Misol uçun, öz biznesingiz yaxşi yurmadi. Işni yopasiz-da, internetdan 500-600 dollarlik işni topasiz. Iş topiş oson.

Pul yiğib olsam, Özbekistonga qaytaman. Öz işimni yölga qöymoqçiman. Oldin ota-onamning bolalar dökoni bölar edi. Dökonda işlaganman. Kollejni tugatganimdan keyin faqat özim işlaganman. Dadam xorijga borişlari kerak edi. Kuzatişga kelganimda dökonimizni soliq xodimlari bosgan, keyin dökonimizni musodara qilişgan. Bir dökonni 3 kişi işlatardik. Öşa vaqtlari (2012-2013 yillar) juda qiyin edi savdo qiliş.

«Özbekistonda özgarişlar katta»