Prezident böş turgan obektlarga aloqador yangi qaror imzolaydi
|12:40 / 10.02.202042 3987 min
Böş turgan obektlardan samarali foydalanişni taşkil etiş çora-tadbirlari qabul qilinadi
Prezidentning “Böş turgan obektlardan samarali foydalanişni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligining:
Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi hududiy boşqarmalari huzuridagi “Davlat mulkini ijaraga beriş markazi” davlat unitar korxonalari negizida muassasa şaklida Davlat aktivlarini boşqariş agentligi huzuridagi Böş turgan obektlardan samarali foydalanişni taşkil etiş markazi;
“Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligining binolaridan foydalaniş direksiyasi” davlat unitar korxonasi negizida muassasa şaklida Davlat aktivlarini boşqariş agentligi huzuridagi Binolardan foydalaniş direksiyasi taşkil etiladi.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyati yönalişlari etib belgilanadi:
mulkçilik şaklidan qat'iy nazar barça toifadagi böş turgan noturar bino va inşootlar, foydalanilmayotgan işlab çiqariş maydonlarini aniqlaş va hisobini yuritiş;
böş turgan obektlarni monitoring qiliş, ularning işga tuşirilganligi hisobini yuritiş;
böş turgan davlat obektlaridan samarali foydalanişni taşkil etiş;
davlat mulkini ijaraga beriş;
davlat mulki bölmagan obektlarni ularning mulkdorlarining ixtiyoriga köra ijaraga berişda qatnaşiş.
Quyidagilar:
Markazning markaziy apparati tuzilmasi tasdiqlanadi;
Markazning boşqaruv xodimlari çeklangan soni 377 nafar, şu jumladan, markaziy apparati – 20 nafar etib belgilanadi;
Agentlikning Böş turgan davlat obektlarini aniqlaş va ulardan samarali foydalanişni taşkil etiş boşqarmasining 8 ta ştat birliklari qisqartirilib, Markazga ötkaziladi;
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligining Qoraqalpoğiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, viloyatlar va Toşkent şahar hududiy boşqarmalaridan 5 tadan, jami 70 ta ştat birliklari Markazning hududiy boşqarmalariga ötkaziladi;
Mavzuga oid
Markazning markaziy apparati moddiy ta'minoti va 9 ta ştat birligi Davlat budjetidan, hududiy boşqarmalarining 70 ta ştat birligi Qoraqalpoğiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan, qolganlari Markazning budjetdan taşqari mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi.
Markaz rahbariga quyidagi huquqlar beriladi:
zarur hollarda Agentlik direktori bilan kelişgan holda, boşqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga özgartirişlar kiritiş;
Markazning Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar hududiy boşqarmalari tuzilmalarini va boşqaruv xodimlari çeklangan sonini tasdiqlaş;
markaziy apparat va hududiy boşqarmalarda markazning budjetdan taşqari mablağlari hisobidan qöşimça ştat birliklarini joriy etiş.
Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida böş turgan obektlardan samarali foydalaniş böyiça namunaviy tarkibdagi idoralararo komissiyalar tuziladi.
Idoralararo komissiyalar rahbarlari etib Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari belgilanadi.
Idoralararo komissiyalarga quyidagilar amalga oşirilişini taşkil etiş va nazorat qiliş yuklatiladi:
tegişli hududdagi böş turgan obektlarni aniqlaş va ularni xöjalik faoliyatiga jalb etiş böyiça mahalliy hokimliklar va davlat organlari işlarini muvofiqlaştiriş;
böş turgan obektlarning mulkdorlarga nisbatan davlat soliq xizmati organlari tomonidan qöllanilayotgan ta'sir çoralarini nazoratini olib boriş;
bir oyda kamida bir marta tuman/şahar hokimlarining böş turgan obektlardan samarali foydalanişni taşkil etiş böyiça hisobotlarini eşitib boriş.
Quyidagilarga:
idoralararo komissiyalar rahbarlariga – öz faoliyatida xolislik va oçiqlik prinsiplariga amal qilib, böş turgan obektlarni tiklaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar natijadorligiga alohida e'tibor qaratgan holda, komissiyaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning sözsiz va sifatli bajarilişi uçun;
tumanlar (şaharlar) sektorlari rahbarlariga – böş turgan obektlar negizida investitsiya loyihalarini amalga oşiradigan mulkdorlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga kömaklaşiş, şuningdek, ularda yuzaga keladigan muammoli masalalarni hal etiş uçun;
Markazga – idoralararo komissiyalarning işçi organi funksiyalarini bajariş uçun;
Davlat soliq qömitasiga – böş turgan obektlarning mulkdorlarga nisbatan belgilangan tartibda ta'sir çoralarining öz vaqtida va sözsiz qöllanilişi uçun;
idoralararo komissiyalar va işçi guruhlar a'zolariga – özlari vakil bölgan davlat boşqaruvi organi va taşkilotlarning mas'uliyat sohalari böyiça javobgarlik yuklanadi.
Belgilanişiça:
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari, mansabdor şaxslar, şuningdek, mulkçilik şakli va idoraviy mansubligidan qat'i nazar xöjalik yurituvçi sub'yektlar Markazning talabiga binoan unga yuklatilgan vazifalarni amalga oşiriş uçun zarur ma'lumotlarni taqdim etişlari şart;
Markazning öz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xöjalik yurituvçi sub'yektlar tomonidan bajarilişi majburiy hisoblanadi;
öz vakolatlarini mustaqil ravişda va barça davlat organlari va taşkilotlari, ularning mansabdor şaxslaridan mustaqil ravişda olib boradi hamda öz faoliyatida bevosita Agentlik direktoriga böysunadi va hisobot beradi;
Markaz rahbari maqomi, tibbiy va transport xizmat körsatiş şaroitlari böyiça Agentlik direktori örinbosariga, Markaz va uning hududiy boşqarmalari xodimlari tegişliça Agentlik va uning hududiy boşqarmalari xodimlariga tenglaştiriladi hamda ularga Agentlik xodimlari uçun nazarda tutilgan mehnatga haq tölaş şartlari qöllaniladi;
Davlat mulkini ijaraga berişdan tuşgan mablağlar Markaz va uning hududiy boşqarmalarini moddiy-texnik ta'minlaş xarajatlarini moliyalaştiriş, şuningdek ularning xodimlari mehnatiga haq tölaş va moddiy rağbatlantiriş uçun sarflanadi;
Markaz tugatilayotgan Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi hududiy boşqarmalari huzuridagi “Davlat mulkini ijaraga beriş markazi” davlat unitar korxonalarining barça huquqlari, majburiyatlari va şartnomalari böyiça huquqiy vorisi hisoblanadi;
Markaz rahbari Agentlik direktorining taqdimnomasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Markaz rahbari böş turgan obektlardan samarali foydalanişni taşkil etiş böyiça unga yuklangan vazifalar tölaqonli va öz vaqtida bajarilişi uçun şaxsan javob beradi.
Quyidagilar Markaz va uning hududiy bölinmalari faoliyatining joriy ta'minoti va moliyalaştiriş xarajatlari (iş haqi, mukofotlar, ustamalar va boşqa tölovlarni öz içiga olgan holda) manbalari etib belgilanadi:
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar.
Markaz va uning hududiy boşqarmalari öziga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarga körib çiqişi uçun kiritiladigan da'volar böyiça davlat boji tölaşdan ozod qilinadi.
Markaz beğaraz foydalaniş huquqi asosida Toşkent şahri, A.Temur köçasi, 6-uy manzili böyiça, Markazning hududiy boşqarmalari Agentlikning hududiy boşqarmalari binosiga joylaştiriladi.