Bu haqda şahar qömitasi kotibi Ma Gotsyan ma'lum qildi.

“Biz 99 foiz oilani tekşirdik. Maqsadimiz 11 fevralgaça barça işni yakunlaş”, deb ma'lum qilgan Ma Gotsyan.

Bir neça kun içida 4,2 mln oila yoki 10,6 mln kişi virusga çalinganlikka tekşirib çiqilgan.

Ma Gotsyanning ta'kidlaşiça, aholi örtasida kasallanganlarning qolişi xavfini töliq istisno qiliş uçun şifokorlar va Uxan ma'muriyati vakillari barça mehmonxonalar, yotoqxonalar, uylar va xonadonlarni ikki martalab aylanib çiqişgan. “Birinçi tekşiruvda tahlillar virus yöqligini körsatgan bölsa-da, bir kun ötişini kutib, söngra yana tekşiruvni amalga oşiriş kerak edi. Faqat şundagina odam virusga çalinmaganini ta'kidlaş mumkin”, deb tuşuntirgan Ma Gotsyan.

Rasmiy ma'lumotlarga köra, koronavirusdan Uxanda 681 kişi vafot etgan, 16,9 ming kişi unga çalingan. Mingdan köproq uxanliklar soğayib ketgan.