Fuqarolik işlari böyiça Mirzo Uluğbek tumanlararo sudida Davlat test markazining «Gazeta.uz» sayti va uning muxbiri K.Jalilovga maqola yuzasidan raddiya e'lon qiliş va rasmiy ravişda uzr söraş majburiyatni yuklaş, şuningdek solidar tartibda 200 million söm miqdorida ma'naviy zararni undiriş haqidagi talablari yuzasidan fuqarolik işi körib çiqilmoqda.
Sud jarayonlarida bevosita iştirok etayotgan Kun.uz vakilining xabar berişiça, yaqindagina taşkil etilgan Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi «Gazeta.uz» internet naşrining manfaatlarini közlab sudda iştirok etişga kirişgan.
Sud jarayonlarida jamoat fondi nomidan uning direktori, huquqşunos va bloger Xuşnud Xudoyberdiyev qatnaşmoqda.
Ma'lumot örnida aytiş joizki, Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondining Adliya vazirligida röyxatga olingan ustaviga muvofiq Jamoat fondi ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar va blogerlar faoliyatini qöllab-quvvatlaş, ularga huquqiy yordam körsatiş huquqlariga ega.
Navbatdagi sud majlisi joriy yilning 26 fevraliga qoldirilgan.

















