2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.
2020 yil 1 aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyihada:
telekommunikatsiya sohasi, davlat xizmatlarini ko‘rsatish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari, sog‘liqni saqlash, davlat kadastri va boshqa sohalarda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish;
Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga bosh vazirning raqamli texnologiyalar va elektron hukumat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini joriy etish;
vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarida rahbarning raqamli texnologiyalar va elektron hukumat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini kiritish nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas'ullar - Vazirlar Mahkamasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar.















