Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obektlarining hisobini yuritiş tartibini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Quyidagilar:
Davlat mulki obektlarining hisobini yuritiş tartibi töğrisidagi nizom;
Özbekistonning çet elda joylaşgan davlat aktivlarini boşqariş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanadi.
Özbekistonning çet elda joylaşgan davlat aktivlarini boşqariş tartibi töğrisidagi nizomga köra, Özbekiston davlat korxonalari va muassasalari Özbekistonning qonunlarida belgilangan tartibda çet elda mulk egasi böliş huquqiga ega.
Davlat korxonalari va muassasalari çet elda joylaşgan davlat aktivlariga nisbatan mulk huquqi vujudga kelgan taqdirda, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi tomonidan belgilanadigan şakldagi ma'lumotlarni 10 kun içida Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga taqdim etişlari şart.
Agentlik çet elda joylaşgan davlat aktivlarining saqlanişi yuzasidan monitoring olib boriş va samarali boşqarilişini ta'minlaş maqsadida, elektron dasturiy ta'minotdan foydalangan holda ularning reyestrini yuritadi.
Agentlik davlat aktivlarining balans saqlovçisi bilan elektron ma'lumot almaşiş, şuningdek vakolatli davlat organlari elektron tizimlari bilan integratsiyalaşuv böyiça tadbirlarni amalga oşiriş orqali reyestrni tezkor va doimiy ravişda yangilab borilişini ta'minlaydi.
Çet elda joylaşgan davlat aktivlari reyestriga davlat aktivlari joylaşgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylaştirilib belgilangan taqdirda mulk huquqi vujudga kelgan davlat aktivlari töğrisida ma'lumotlar kiritiladi.
Çet elda joylaşgan madaniy meros obektlarini hisobini yuritiş va ulardan oqilona foydalanişni taşkil etiş Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etiş markazi tomonidan amalga oşiriladi.
Çet elda joylaşgan davlat aktivining balansda saqlovçisi Agentlikka u tomonidan belgilanadigan şakldagi ma'lumotlarni quyidagi muddatlarda taqdim etadi:
çet elda joylaşgan davlat aktivining moddiy va moliyaviy körsatkiçlari özgarganligi töğrisida – şunday özgariş bölgan kundan boşlab 10 kun içida;











