Özbekiston milliy jamoasi hamda Toşkentning «Lokomotiv» klubi yarimhimoyaçisi Sardor Mirzayev legionerga aylandi. Mirzayev faoliyatini Tailandning «Muangtong Yunayted» jamoasida davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar qilgan.
Tailandda «MYu» deb ham yuritiladigan «Muangtong Yunayted» mamlakat yuqori divizionida harakat qiladi. 15 fevral kuni «Muangtong Yunayted» Tailand çempionati 1-turida «Bangkok Glass» jamoasi mehmoni böladi.
1991 yil 21 mart kuni tuğilgan Sardor Mirzayev faoliyatini Farğonaning «Neftçi» klubida boşlagan. 2014 yildan buyon «Lokomotiv»da öynab kelayotgan Mirzayev ilk marta xorij klubiga ötdi.












