Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barcha davlat organlarida bevosita rahbarga bo‘ysunuvchi murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha alohida bo‘linmalar tashkil etiladi
Davlat organlarida xalq bilan muloqot va murojaatlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish ko‘zda tutilgan
O‘zbekistonda barcha davlat organlarida bevosita rahbarga bo‘ysunuvchi murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha alohida bo‘linmalar tashkil etiladi. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.
2020 yil 1 avgustga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
davlat organlarida xalq bilan muloqot va murojaatlar bilan ishlash tizimi samaradorligini baholash mexanizmini ishlab chiqish;
davlat idoralari rahbarlari va hokimlarning murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobotini parlament va xalq deputatlari kengashlarida muntazam eshitish tizimi yo‘lga qo‘yish;
mavjud shtat birliklari doirasida barcha davlat organlarida bevosita rahbarga bo‘ysunuvchi murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha alohida bo‘linmalar tashkil etish;
murojaatlar bilan ishlash bo‘linmalari xodimlarini har uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkazish va malakasini oshirish;
davlat organlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘linmasi xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod etish masalalarini tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari bilan majburiy tartibda kelishish;
vazirlik, idora va hokimliklar tomonidan har chorak yakuni bo‘yicha murojaatlar bilan ishlash natijalari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtirish nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas'ullar - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.
Mavzuga oid
18:05 / 07.06.2026
Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzgan 19 nafar xodim ishdan olindi
18:00 / 13.03.2026
Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet ochiladi
15:45 / 19.02.2026
O‘zbekistonda avtobanlar tashkil etish vazifasi davlat dasturiga kiritildi
16:46 / 17.02.2026